tabiiy muhit

Joylashuvi

Shahrimiz Koreya yarim orolining janubi-sharqida joylashgan bo‘lib, sharqda Pusan metropolitan shahri Kangsogu bilan, shimolda Nakdong daryosi bo‘ylab Miryang shahri bilan va janubi-g‘arbda Changvon shahri bilan chegaradosh.

Shahar hokimiyatining joylashuvi Uchi Uzunlik va kenglik qutbi Joy nomi
Qutb Kengaytma masofasi
Kimhe shahri, Kimhedero 2401(Buvondong) Sharqiy uchi Tedongmyon Volchonri Sharqiy uzunlik 129 daraja 0' 48", shimoliy kenglik 35 daraja 16' 16" sharq va g'arb orasi 27 km, shimol va janub orasi 32 km
Gʻarbiy uchi Jinyongip mavzesi Jvagonri Sharqiy uzunlik 128 daraja 41' 47", shimoliy kenglik 35 daraja 18' 12"
Janubiy uchi Jangyudong massivi Sharqiy uzunlik 128 daraja 49' 44", shimoliy kenglik 35 daraja 9' 10"
Shimoliy uchi Sengrimyon Toyori Sharqiy uzunlik 128 daraja 51' 59", shimoliy kenglik 35 daraja 23' 31"

Iqlimi

Bizning shahrimiz to'rt fasl aniq farqlanadigan mo‘’tadil iqlim zonasiga ega bo'lib, unga Janubiy dengizning dengiz iqlimi katta ta'sir ko'rsatadi va bu inson faoliyati uchun yaxshi iqlim sharoitlarini yaratadi. So'nggi 10 yil ichida o'rtacha yillik harorat 15,1 darajani tashkil etib, bu Koreyadagi o'rtacha 13 darajadagi haroratdan taxminan 2 daraja yuqori va o'rtacha yog'ingarchilik esa 1,276mm bo'lib, bu Koreyadagi o'rtacha yog'ingarchilik 1,277mm bilan o'xshash.

※ Ma'lumotlar manbai: Koreya meteorologiya bo'limi milliy iqlim ma'lumotlari markazi (https://data.kma.go.kr/cmmn/main.do), so'nggi 10 yil: 2008-2017-yillar

Maydoni

Shahrimizning umumiy maydoni 463,36㎢ bo'lib, mamlakatimiz umumiy maydoni(100,363,71 ㎢)ning taxminan 0,5% va provinsiyamiz umumiy maydoni(10,539,76㎢)ning taxminan 4,4% ni tashkil etadi. Provinsiyadagi 17 ta shahar va okruglari orasida maydoni kattaligi bo‘yicha 12-o‘rinda turadi.

*Ma'lumotlar manbai: Milliy statistika portali ( http://kosis.kr) intellektual statistika