shahar hokimi tabrigi

Kimhe shahar hokimi Hong Te Yong

Assalomu alaykum!
Kimhe shahri hokimi Hong Te Yong bo’laman.

Dunyoning turli burchaklaridan Kimhe shahri veb-saytiga tashrif buyurgan
barchaga samimiy minnatdorchilik bildiraman.

Kimhe shahri Koreya yarim orolidagi qadimiy dengiz qirolligi Gimgvan Gayaning poytaxti sifatida 2000 yillik uzoq tarixga ega bo'lgan Koreyaning asosiy tarixiy va madaniy shahar hamda Koreyaning janubi-sharqiy qismida joylashgan Kyongsangnamdo provinsiyasining markaziy shahri sifatida biotibbiyot fanlari, kelajakdagi avtomobillar, aqlli logistikaga asoslangan janubi-sharqiy mintaqa sanoati va iqtisodiyotini boshqaradigan bo’lajak yuqori texnologik sanoat shahri hisoblanadi.

Kimhe shahri ushbu an'ana va zamonaviy shahar poytaxti asosida orzular ro'yobga chiqadigan iliq va baxtli shaharga aylanishni maqsad qilganmiz. O‘sha orzu va baxtni dunyoning turli burchaklaridan kelgan siz azizlar bilan baham ko‘rmoqchimiz.

Kimhe shahri barchangiz uchun ochiq. Biz dunyoning turli burchaklaridan kelgan siz azizlar bilan muloqot qilib, dunyoviy va global Kimheni yaratamiz.

Sizning hikoyalaringizni eshitishni xohlaymiz. Istagan vaqtingizda bizning vebsaytimizdan foydalanib, hikoyalaringizni bizga yetkazishingiz mumkin.

Kimhe shahri sizning hikoyalaringizni tinglaydi va kosmopolitizm bilan birgalikda chinakam global shahar sifatida oldinga qarab intiladi.

Rahmat

Kimhe shahar hokimi Hong Te Yong