foydali ma'lumotlar

Kimhe shahri chet el fuqarolari uchun favqulodda yordam loyihasi

작성일
2023-12-26 15:37:17
mas'ul bo'lim :
Xotin-qizlar va oila bo‘limi
muallif :
nazoratchi
ko'rishlar soni :
29
telefon raqami :
-

Loyiha haqida

Loyiha mazmuni

Favqulotda inqirozli vaziyatlar (asosiy daromad oluvchining o'limi tufayli daromadni yoqotish, og'ir kasallik yoki jarohat yetgan holatda, jinoiy zarar va boshqalar) tufayli yashash, uy-joy, tibbiy yordam va boshqalar tomonlama qo'llab quvvatlashga muhtoj bo'lgan oilalar (yoki jismoniy shaxslar) uchun yordam

Kimlar

Favqulotda inqirozli vaziyatlar tushib qolgan chet el fuqarolari (yurisdiksiyada istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari: Kimhe shahrida qonuniy ravishda 90 kundan ortiq istiqomat qilayotgan chet elliklar)

Qo'llab-quvvatlash mazmuni

  • Yashash to'lovi: Tirikchilik qilishda qiynalayotgan oilalar uchun oziq-ovqat puli, kiyim-kechak puli kabi yashash uchun zarur bo'lgan moliyaviy yordam
  • Uy-joy to'lovi: Vaqtinchalik uy-joy bilan ta'minlash yoki vaqtinchalik uy-joyga muhtoj bo'lgan oilalarga uy-joy xarajatlarini qo'llab-quvvatlash (ammo to'lov ta'minotchilariga qiyin bo'lsa, to'lov arizachiga to'g'ridan-to'g'ri amalga oshirilishi mumkin)
  • Tibbiy to'lov: Og'ir kasallik yoki jarohat tufayli kasalxonaga yotqizilgan shaxsning tibbiy xarajatlarini qo'llab-quvvatlash (kasallik tufayli kasalxonaga yotib, chiqib ketayotganda uning xarajatlari uchun yordam beriladi)
  • Boshqalar: Bundan boshqa yordam kerak bo'lgan holatda (muassasa yoki tashkilot tavsiyasi)

Ariza berish muddati

Yil davomida

Qo'llash standarti

  • Daromad standarti: standart o'rtacha daromadning 90 foizi yoki undan kamroq
  • Umumiy mulk: (2023-yil holatiga ko'ra) 182,400,000 von yoki undan kam
  • Moliyaviy aktivlar: (2023-yil holatiga ko'ra) 7,200,000 von yoki undan kam

Qo'llab-quvvatlash miqdori

  • Yashash puli: (1 kishilik uy xo'jaligi) 490,000 von (4 kishilik uy xo'jaligi) 1,300,000 von
  • Uy-joy xarajatlari: (1-2 kishilik uy xo'jaligi) 299,100 von
  • Tibbiy xarajatlar: Shaxsiy tibbiy xarajatlarning 90 foizi qo'llab-quvvatlanadi(maksimum 1 million von)
  • Boshqalar: 500,000 vongacha

Ariza berish muddati va ko'rib chiqish tartibi

Koʻrib chiqish muddati

Ariza hujjatlari toʻldirilganidan keyin 10 kun ichida

Koʻrib chiqish tartibi

Yordam uchun ariza berish va qabul qilish (Yurisdiksiyaga qarashli mavze, myon, massivning ma’muriy farovonlik markazi yoki xotin-qizlar va oila bo‘limi) → hujjatlarni koʻrib chiqish va joyida tekshirish (xotin-qizlar va oila boʻlimi) → koʻrib chiqish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qaror (xotin-qizlar va oila bo'limi) → qo'llab-quvvatlash mablag'larini to'lash (xotin-qizlar va oila bo'limi)

Ariza muddati

  • 2023-yil 1-yanvardan boshlab byudjet tugaguniga qadar
  • Inqiroz holati yuzaga kelgan kundan boshlab 180 kun ichida ariza topshirish

Bog'lanish uchun

Ayollar oilasi va chet el fuqarolari farovonligi bo’limi telefon raqami (☎ 055-330-6614)