foydali ma'lumotlar

Kimhe shahri fuqarolar xavfsizligi sug'urtasi

작성일
2023-12-26 15:39:21
mas'ul bo'lim :
Fuqarolar xavfsizligi bo'limi
muallif :
nazoratchi
ko'rishlar soni :
30
telefon raqami :
-

Loyiha maqsadi

Kundalik hayotida to'satdan halokat va baxtsiz hodisalardan zarar ko'rgan fuqarolar(shu jumladan ro'yxatga olingan chet elliklar) minimal iqtisodiy yordam olishlari uchun sistematik mexanizmni yaratish

Asosiy mazmuni

8 turdagi baxtsiz hodisalarda o'lim, doimiy nogironlik yoki jarohat uchun kompensatsiya to'lash

Murojaat uchun

Kimhe shahar hokimiyati Fuqarolar xavfsizligi bo'limi (☎ 055-330-4998)

Kafolat elementlari

  1. Ijtimoiy talofat(yuqumli kasalliklar bundan mustasno): vafot etgan taqdirda 10 million von kafolatlanadi
  2. Tabiiy talofat(issiq urish kasalligi): o'lim holatida 10 million von kafolatlanadi
  3. Suvdagi halokati: o'lim holatida 10 million von kafolatlanadi
  4. Jamoat transporti va charter avtobusi halokati: o'lim holatida 10 million von / asoratlar qolgan taqdirda maksumum 10 million vongacha kafolatlanadi
  5. Portlash, yong'in, qulash, tog' ko'chishi: halok bo'lgan taqdirda 10 million von / asoratlar qolgan taqdirda maksumum 10 million vongacha kafolatlanadi.
  6. Qishloq xo'jaligi texnikasi bilan bog'liq avariya: o'lim holatida 10 million von / asoratlar qolgan taqdirda maksumum 10 million vongacha kafolatlanadi.
  7. Itning tishlashi bilan bog'liq baxtsiz hodisa: it tishlashi tufayli tez yordam bo'limiga tashrif buyurganingizdan so'ng tekshiruvdan o’tsangiz va davolansangiz, 100,000 von.
  8. Maktab zonasidagi yo'l harakati hodisasi: 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun maktab zonasidagi yo'l harakati holati uchun tibbiy xarajatlar maksimum 10 million vongacha.

Da'vo qilish tartibi va kerakli hujjatlar ro'yxati uchun havolaga qarang.

https://www.gimhae.go.kr/00954/01023/01241.web?gcode=1095&idx=2512190&amode=view&

Eslatma

  1. Chet elliklar uchun chet elliklarni ro'yxatga olish kartasiga Kimhe shahri manzili yozilishi kerak.
  2. Sug'urta har fevral oyida yangilanadi. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Fuqarolar xavfsizligi bo'limiga murojaat qilishingiz so'raladi.