maxsus mahsulotlar

Changgun choyi

Changgun choyi

Changun choy barglari katta barglardan iborat bo'lib, boshqa choy o'simliklariga qaraganda kattaroq va qalinroqdir. Shuning uchun ular choyning asosiy tarkibiy qismi bo'lgan katexin kabi noorganik komponentlarning yuqori miqdori va yana aminokislotalar, vitaminlar va minerallari yuqori darajadadir. Qolaversa, choyning o‘ziga xos ta’mi, masalan, yovvoyi atirgullar hidiga o‘xshagan tetiklantiruvchi choy hidi va uni ichganingizdan so‘ng og‘zingizda qoladigan shirin va mazzali ta'mi kabi xususuiyatlari tufayli iste’molchilar tomonidan yaxshi qabul qilinadigan choyga aylantirdi.
Kimhe Chonggyolmi

Kimhe Chonggyolmi

Kimhe Chonggyolmi bu yoruq va toza, ifloslanmagan, unumdor yerlarda ekologik toza dehqonchilik usullari orqali ishlab chiqarilgan guruch bo'lib, bu guruchning sifati va ovqatda ta'mi yaxshidir.
Gullar

Gullar

Gullar, bog’ ko'chatlari mahalliy mahsulotlarni ta’minlash maqsadida yuqori sifatli ko‘chatlarni yetishtirish uchun yaxshi navli ko'chatlar biznesi yo‘lga qo‘yilmoqda va uzluksiz texnologik rivojlanish orqali gul yetishtirishni yana bir qadam oldinga harakat qilib, gul yetishtrishga kuch sarflanmoqda.
Shirin xurmo

Shirin xurmo

1927-yilda Jinyong mavzesi Jinyongri, Bugok Shinyongrida taxminan 100 ga yaqin shirin xurmo sinov tariqasida yetishtirildi, bu mamlakatda birinchi shirin xurmo yetishtirishning boshlanishi edi. Jinyong shirin xurmo 100 yillik tarixga ega bo'lgan o'ziga xos topografiyasi va iqlimi tufayli boshqa mintaqalardagi shirin xurmolarga nisbatan juda yaxshi shakar va noorganik tarkibga ega bo'lib, nisbatan juda yaxshi shakar, vitaminlar, kalsiy va temirga boy.
Chilsan qovuni

Chilsan qovuni

Chilsan hududi bu gil tuprogʻi tufayli qovun yetishtirish uchun eng qulay hudud hisoblanadi va asosan Chilsanda yetishtiriladigan Gimsaragi qovunlari rangi yorqin va xushbo'y, rangi tiniq va yangi bo'lib, 1995-yilda oʻzining goʻzal rangi, xushboʻyligi uchun QC belgisini olgan Kimhe hududining nodir maxsus mahsulotidir.
Qulupnay

Qulupnay

Unumdor qumloq tuproqda yetishtiriladigan kam ifloslangan mevali sabzavot bo'lib, ko'p miqdorda S vitamini o'z ichiga olagan va terini parvarish qilish va charchoqni chiqarish uchun yaxshidir.
Sengrim-matbou

Sengrim-matbou

Faqat sigirlar maxsus ozuqa bilan boqiladi va go'sht yumshoq va chiriyotgan hidi yo'qligi uchun ta'mi ajoyibdir.
Kartoshka

Kartoshka

Nakdong daryosi boʻylab moʻl-koʻl suv resurslarining geografik taʼsiridan kelib chiqqan holda, yeri yarim qumloq tuproqdan tashkil topgan boʻlib, u kartoshka yetishtirish uchun maqbul maydonga aylangan va taxminan 30 yil davomida yetishtiriladi. Ekologik toza dehqonchilik usullaridan foydalangan holda yetishtirilgan, rang-barangligi va shakar miqdori yuqori bo‘lib, kattalar kasalliklarining oldini olishda yuqori samara beradi. Milliy sog‘lom oziq-ovqat sifatida mahalliy iqtisodiyotni jonlantiruvchi va Sangdong massivini mashhur qiluvchi maxsus mahsulot hisoblanadi.
Jusay

Jusay

Toza muhitda o‘stirilgan, xushbo‘y ta’mi va yengil tuzilishga ega va tarkibida A va C vitaminlari mavjud bo‘lib, qon aylanishini yaxshilagani uchun sog'lik uchun foydalidir.
 Mayda pomidorlar

Mayda pomidorlar

Mayda pomidorni oddiy pomidor bilan solishtirganda, shakar miqdori yuqori, ta'mi yaxshi, iste'mol qilish osonroq va yaxshi hazm bo’ladi. Shuning uchun dehqonlar oddiy pomidordan ko’ra mayda pomidorni afzal ko'rishadi. Ekish turlari xilma-xil bo'lib, ekin maydonlari doimiy ravishda ko'payib bormoqda va butun yil davomida yetkazib berish amalga oshiriladi.
Paprika-bulg’or qalampir

Paprika-bulg’or qalampir

Kimhe mo'l-ko'l quyosh nuriga to'la bo'lgani uchun paprika rangi yaxshi, shirin va boshqa ekinlarga qaraganda A va C vitaminlarini ko'proq o'z ichiga oladi. Turli xil taomlarda samarali ishlatiladi, barcha mahsulotlar Yaponiyaga eksport qilinmoqda.
Sabzi

Sabzi

Sabzi A vitaminiga boy va qarish va saraton kasalligining oldini olishga yordam beradi.
Yashil piyoz

Yashil piyoz

Yashil piyoz ziravorli sabzavot bo‘lib, u ovqat pishirishda juda foydali va oziq-ovqat tolasi va allitsinga boy bo‘lganligi sababli salomatlik uchun foydalidir.
Karam

Karam

Karamning kaloriyasi past va oziq-ovqat tolasi ko'p bo'lib, ich qotishi va yo'g'on ichak saratonining oldini oladi.

Chamjuk daraxtining relyefi

Chamjuk daraxti bambuk kabi kurtaklar nishini iste'mol qilgani uchun shunday nomlangan va qishloq joylarda teri daraxti deb ataladi. Chamjuk daraxtining yosh kurtaklari va barglari asosan ziravorli sabzavotlar sifatida iste'mol qilinadi. Hududda taxminan 70 yil muqaddam Pusan va Tegu shaharlarida Chamjuk relyefini tayyorlab sotilgan va shug'ullanilgan, 90-yillarda yig'im-terim guruhi yaratilib, Chamjuk relyefi ishlab chiqarilib sotilmoqda.
Kulochilik

Kulochilik

Bunchong kulollari Teto(shamolli loy)dan shakl yasash, uni oq loy bilan qoplash, chizish, o'ymakorlik yoki oq loy yuzasiga turli usullarda naqsh chizgandan so’ng, sirtiga maxsus narsa surtish orqali tayyorlanadi. Mintaqadagi 80 ga yaqin kulolchilik kompaniyalari yillik daromadi taxminan 36 million vonni tashkil etadi va hozirda ishlab chiqarilayotgan keramika asosan Kayatogi, maishiy sopol idishlar va sopol idishlarning qayta ishlab chiqishi bo'lib, uy ko’rdi, sovg'alar, to'y sovg’alari, va biznes yo’lga qo’yilgan tabrik sovg'alari kabi turli maqsadlarda foydalaniladi,
Yovvoyi qulupnay

Yovvoyi qulupnay

2007-yildan beri u yangi o'sish strategiyasi elementi sifatida topilib, mintaqani aks ettiruvchi daromadli ekin sifatida yetishtirilmoqda va hozir mamlakatda eng yaxshi malina ishlab chiqarish majmuasi bo'lgan Shinosan tog'idan Mujok tog'igacha bo'lgan Nakdong daryosi bo'yida keng ko'lamli yetishtirish ishlari olib borilmoqda.