Loyiha maqsadi
Kundalik hayotida to'satdan halokat va baxtsiz hodisalardan zarar ko'rgan fuqarolar(shu jumladan ro'yxatga olingan chet elliklar) minimal iqtisodiy yordam olishlari uchun sistematik mexanizmni yaratish
Asosiy mazmuni
8 turdagi baxtsiz hodisalarda o'lim, doimiy nogironlik yoki jarohat uchun kompensatsiya to'lash
Murojaat uchun
Kimhe shahar hokimiyati Fuqarolar xavfsizligi bo'limi
(☎ 055-330-4998)
Kafolat elementlari
- Ijtimoiy talofat(yuqumli kasalliklar bundan mustasno): vafot etgan taqdirda 10 million von kafolatlanadi
- Tabiiy talofat(issiq urish kasalligi): o'lim holatida 10 million von kafolatlanadi
- Suvdagi halokati: o'lim holatida 10 million von kafolatlanadi
- Jamoat transporti va charter avtobusi halokati: o'lim holatida 10 million von / asoratlar qolgan taqdirda maksumum 10 million vongacha kafolatlanadi
- Portlash, yong'in, qulash, tog' ko'chishi: halok bo'lgan taqdirda 10 million von / asoratlar qolgan taqdirda maksumum 10 million vongacha kafolatlanadi.
- Qishloq xo'jaligi texnikasi bilan bog'liq avariya: o'lim holatida 10 million von / asoratlar qolgan taqdirda maksumum 10 million vongacha kafolatlanadi.
- Itning tishlashi bilan bog'liq baxtsiz hodisa: it tishlashi tufayli tez yordam bo'limiga tashrif buyurganingizdan so'ng tekshiruvdan o’tsangiz va davolansangiz, 100,000 von.
- Maktab zonasidagi yo'l harakati hodisasi: 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun maktab zonasidagi yo'l harakati holati uchun tibbiy xarajatlar maksimum 10 million vongacha.
Da'vo qilish tartibi va kerakli hujjatlar ro'yxati uchun havolaga qarang.
https://www.gimhae.go.kr/00954/01023/01241.web?gcode=1095&idx=2512190&amode=view&
Eslatma
- Chet elliklar uchun chet elliklarni ro'yxatga olish kartasiga Kimhe shahri manzili yozilishi kerak.
- Sug'urta har fevral oyida yangilanadi. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Fuqarolar xavfsizligi bo'limiga murojaat qilishingiz so'raladi.